FAVAQULODDA VAZIYATLARGA AHOLINI MA’NAVIY RUXIY TAYYORLASH
Keywords:
Kalit so‘zlar: favqulodda vaziyatlar, ma’naviy tayyorgarlik, ruhiy barqarorlik, psixologik yordam, stressni boshqarish, aholini tayyorlash, xavfsizlik madaniyati, ijtimoiy himoya, psixologik trening, profilaktika, motivatsiya, kommunikatsiya, inqiroz holatlari, irodaviy sifatlar, psixologik barqarorlik.Abstract
Ushbu maqolada aholini favqulodda vaziyatlarga ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyorlashning mazmuni, ahamiyati va amalga oshirish yo‘llari yoritilgan. Favqulodda holatlar — tabiiy ofatlar, texnogen avariyalar, ijtimoiy tangliklar yoki boshqa kutilmagan vaziyatlarda insonlarning ruhiy barqarorligini saqlash muhim omil hisoblanadi. Shu bois, aholining ma’naviy immunitetini mustahkamlash, irodaviy sifatlarini rivojlantirish, vahima va qo‘rquv holatlarida to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Maqolada psixologik treninglar, axborot-targ‘ibot ishlari, ta’lim tizimidagi profilaktik chora-tadbirlar hamda mahalliy hamjamiyatlar ishtirokida olib boriladigan ruhiy tayyorgarlik faoliyatining samarali yo‘llari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari aholining favqulodda vaziyatlardagi xatti-harakat madaniyatini oshirishda ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikning o‘rni beqiyos ekanligini ko‘rsatadi.