RENTGENOGRAFIYA.TIBBIYOTDA RENTGEN TURLARI.

Authors

  • Salohiddinova E’zoza Author

Abstract

Rentgen- bu x nurlar yordamida organizm ichki tuzilmalarini ko’rish imkonini beruvchi diagnostic usul.Uni 1895-yilda Vilgelm Konrad Rentgen kashf qilgan. Renrgen kabineti-kasalxona va poliklinikalarda bemorni tekshirish uchun rentgen apparatlari bilan jihozlangan xona. Tibbiyot rentgendiagnostika apparatlari tuzilishi va ishlatilishiga qarab ekran orqali ko’radigan(rentgenoskopiya), suratni oladigan(rentgenografiya) va maxsus ishlangan-siydik yo’lini tekshiradigan(urologic), yurak-tomirni tekshiradigan(angiokardiologik), tish bilan jag’ni tekshiradigan (stomatologik) va boshqa apparatlarga bo’linadi.Rentgendiagnostika  apparatlari bir joyga o’rnatilgan  va ko’chma bo’ladi. Hozirgi vaqtda ko’p davolash-profilaktika muassasalari va zamonaviy stansionarlar rentgendiagnostika apparatlari bilan jihozlanmoqda. Rentgenologik tekshirish-a’zo yoki tizimning morfologik va funksional faoliyatini rejali tekshirish,uning normal yoki patologik holatiga baho berish,obyektiv diagnostic ma’lumot olish uchun qurilgan tadbirlardan iboratdir. Rentgenologik tekshirishlar natijasi, asosan, rentgendiagnostika kabinetlarining jihozlanishi va ta’minlanishiga,tanlangan usulning to’la javob berishi va texnika nuqtayi nazaridan bajarilishiga,rentgenologning ilmi,tajribasi,malakasi va tekshirishning o’z vaqtida o’tkazilishiga bog’liq.

Published

2025-11-08