INFLYATSIYA PRAGNOZINING SHAKLLANISHIDA INFLYATSION KUTILMALARNING ROLI
Keywords:
Kalit soʻzlar: Inflyatsiya, prognoz, inflyatsion kutilmalar, pul-kredit siyosati, narxlar darajasi, iqtisodiy barqarorlik, monetar siyosat, markaziy bank, foiz stavkasi.Abstract
Annotatsiya: Mazkur tezisda inflyatsiya prognozining shakllanishida inflyatsion kutilmalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Inflyatsion kutilmalar xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholining kelajakdagi narxlar o‘zgarishi haqidagi fikrlari bo‘lib, ular iste’mol, jamg‘arma va investitsiya qarorlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda inflyatsion kutilmalarning shakllanish mexanizmlari – adaptiv, ratsional va aralash yondashuvlar asosida o‘rganilib, ularning iqtisodiy barqarorlikka ta’siri ilmiy asosda izohlangan. Shuningdek, Markaziy bankning kommunikatsion siyosati, foiz stavkalari va axborot siyosati orqali kutilmalarni boshqarish imkoniyatlari yoritilgan. O‘zbekiston sharoitida inflyatsion kutilmalar darajasi ko‘p jihatdan aholining ishonch darajasi va pul-kredit siyosatining barqarorligiga bog‘liq ekani aniqlangan. Tezisda inflyatsion kutilmalar va real inflyatsiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik iqtisodiy-matematik modellar yordamida asoslab berilib, inflyatsiya targetingi tizimi doirasida ularning to‘g‘ri shakllanishi muhim shart ekanligi ta’kidlangan. Natijada, inflyatsion kutilmalarni samarali boshqarish inflyatsiya prognozining aniqligini oshirish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil sifatida baholangan.