PENSIYA JAMG‘ARMASINING RESURSLARINI SAMARALI BOSHQARISHDA XALQARO TAJRIBALARNI ROLI
Keywords:
Kalit soʻzlar: Pensiya jamg‘armasi, resurslar boshqaruvi, daromad diversifikatsiyasi, investitsion strategiya, moliyaviy barqarorlik, risklarni boshqarish, aktiv portfeli, monitoring tizimi, nazorat mexanizmlari, xalqaro tajriba.Abstract
Annotatsiya: Ushbu tezis pensiya jamg‘armasining resurslarini samarali boshqarish va daromadlarni diversifikatsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan. Ishda jamg‘armalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, investitsion strategiyalarni shakllantirish va risklarni boshqarish mexanizmlari tahlil qilingan. Xalqaro tajribalar asosida samarali boshqaruv usullari va diversifikatsiya strategiyalari ko‘rib chiqilib, turli aktivlar orqali barqaror daromad olish, monitoring va nazorat tizimlarini rivojlantirish yo‘llari aniqlangan. Shu asosda O‘zbekiston sharoitida pensiya jamg‘armalarini boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan: normativ-huquqiy bazani mustahkamlash, professional kadrlar tayyorlash, investitsion portfellarning diversifikatsiyasini ta’minlash va monitoring tizimini kuchaytirish. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda pensiya jamg‘armalarini boshqarish samaradorligini oshirish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va pensiya ta’minotini ishonchli qilish mumkin, bu esa ularning strategik rivojlanishiga amaliy hissa qo‘shadi.