UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA INTEGRATSIYALANGAN HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI DARSLARINI INTERFAOL METODLAR ASOSIDA O‘TISH USULLARI.
Keywords:
Kalit so‘zlar: hayot faoliyati xavfsizligi, integratsiya, interfaol metodlar, ta’lim samaradorligi, xavfsizlik madaniyati.Abstract
Mazkur ishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida integratsiyalangan “Hayot faoliyati xavfsizligi” darslarini interfaol metodlar asosida o‘tish usullari yoritilgan. Tadqiqotda zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning xavfsiz hayotiy faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishda fanlararo integratsiyaning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Interfaol metodlardan — “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Blits-so‘rov”, “Rol o‘ynash”, “Keys-stadi” kabi usullardan foydalanish orqali o‘quvchilarning faolligi, mustaqil fikrlashi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Ishda o‘qituvchining dars jarayonini rejalashtirish, integratsiyalangan yondashuvni tashkil etish va baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Ushbu yondashuv nafaqat o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, balki ularning kundalik hayotda xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.