PROFESSIONAL TA’LIMDA FANLARARO INTEGRATSIYA ORQALI O‘QUVCHILARNING ILMIY SALOHIYATINI OSHIRISH YO‘LLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar. Fanlararo integratsiya, professional ta’lim, fizik ta’limi, ilmiy salohiyat, texnik tafakkur, tadqiqotchilik ko‘nikmalari, raqamli modellashtirish, amaliy o‘qitish, innovatsion ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ilmiy salohiyatini oshirishda fanlararo integratsiyaning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Fizika, matematika, texnologiya va raqamli modellashtirish kabi yo‘nalishlarning o‘zaro bog‘lanishi o‘quvchilarda tahliliy fikrlash, texnik tafakkur va tadqiqotchilik ko‘nikmalarining rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asosda yoritiladi. O‘quv jarayoniga integratsiyalashgan yondashuvlar kiritilishi bilimning amaliyotga yo‘naltirilishini kuchaytirishi, real kasbiy vazifalarni hal qilish kompetensiyasini shakllantirishi hamda hakllantirishi hamda Yangi O‘zbekiston ta’lim siyosatida belgilangan ilmiy-texnik salohiyatni yuksaltirish maqsadlariga mos kelishi ko‘rsatib beriladi.