RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHDA INSON KAPITALINING SIFAT KO‘RSATKICHLARI VA ULARNING BANK SAMARADORLIGIGA TA’SIRI

Authors

  • Xushvaqtov Nodirbek Nomoz oʻgʻli Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: raqamli transformatsiya, inson kapitali, raqamli savodxonlik, bank samaradorligi, IT-ko‘nikmalar, innovatsion rivojlanish, texnologik modernizatsiya.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu tezisda banklarda raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonida inson kapitalining sifat ko‘rsatkichlari va ularning bank samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari xodimlarning raqamli savodxonligi, malaka darajasi va IT-ko‘nikmalarining raqamli transformatsiya jarayonining muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy omillar ekanini ko‘rsatdi. Empirik tahlillar shuni tasdiqladiki, inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiyalar mavjud bo‘lgan banklarda raqamli texnologiyalar samaradorligi yuqoriroq bo‘lib, operatsion xarajatlar kamayishi, xizmat sifati yaxshilanishi va moliyaviy natijalar o‘sishi kuzatiladi. Natijalar raqamli transformatsiya va inson kapitali o‘rtasidagi komplementar bog‘liqlik bank tizimida samaradorlikni oshirishning muhim sharti ekanini tasdiqlaydi.

Published

2025-12-04