AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISHDA XALQARO TAJRIBA, UNDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Authors

  • Qodirov Behzod Tolibjon o‘g`li Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: xalqaro tajriba, turmush darajasi, ijtimoiy himoya, islohotlar, innovatsion yondashuv, bandlik, iqtisodiy rivojlanish, farovonlik, xorijiy tajriba, aholining hayot sifati.

Abstract

Annotatsiya: Aholi turmush darajasini oshirish muammosi hozirgi zamonda har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Turmush darajasi atamasi nisbatan keng tushunchadir va u insonlarning daromad miqdori, iste’mol darajasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim imkoniyatlari, bandlik, yashash sharoiti, ijtimoiy muhofaza va madaniy ehtiyojlarni qamrab olgan yuritilgan siyosatga bevosita bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Bugungi kunda har bir davlat aholi farovonligini ta’minlash yo‘lida turli islohotlar o‘tkazmoqda. Biroq, so‘nggi yillarda rivojlangan va tez rivojlanayotgan davlatlar tajribasini o‘rganish va undan foydalangan holda katta natijalarga erishish mumkinligi ko‘p bora isbotlangan. Shu bois xalqaro tajriba va uning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, ularni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari har tomonlama chuqur o‘rgatilishi lozim.

Published

2025-12-07