O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA RAQAMLI INFRATUZILMANING RIVOJLANISH OMILLARI
Keywords:
Kalit so’zlar: raqamli infratuzilma rivoji, iqtisodiy raqamlashtirish, elektron hukumat, ma’lumotlar xavfsizligi, AKT sohalari, innovatsion iqtisodiyot, Keywords: digital infrastructure development, economic digitalization, e-government, data security, ICT sector, innovative economyAbstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida raqamli infratuzilmaning rivojlanish omillari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida internet qamrovi, mobil aloqa sifati, ma’lumotlar markazlari, davlat xizmatlarining elektron shaklga o‘tishi va naqd pulsiz to‘lovlar kabi ko‘rsatkichlar o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kompaniyalar raqamli biznesga o‘tishda eng avvalo ma’lumotlar boshqaruvi, ma’lumotlar xavfsizligi va boshqaruvni modernizatsiyalashga e’tibor qaratmoqda. Shuningdek, hududlararo raqamli tafovutlarni kamaytirish, kadrlar malakasini oshirish va innovatsion yechimlarni joriy etish kabi ustuvor yo‘nalishlar aniqlanadi. Tadqiqot natijalari raqamli infratuzilmaning barqaror rivojlanishi va O‘zbekistonning global raqamli iqtisodiyotga integratsiyasida muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
This article analyzes the factors influencing the development of digital infrastructure in the economy of Uzbekistan. The study examined indicators such as internet coverage, mobile network quality, data centers, the digitalization of government services, and cashless payments. The results show that companies prioritize data management, data security, and management modernization when transitioning to digital business. Additionally, key areas such as reducing regional digital disparities, improving workforce skills, and implementing innovative solutions were identified. The findings highlight the importance of sustainable development of digital infrastructure for Uzbekistan’s integration into the global digital economy.