VIRTUAL VOSITALARDAN FOYDALANIB TINGLAB TUSHUNISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDAGI KAMCHILIKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI

Authors

  • Abdulvohidov Turg'unali Abduqaxxor o'g'li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: virtual vositalar, tinglab tushunish, kompetensiya, tahlim jarayoni, audio materiallar, video materiallar, metodik yondashuv, nazorat tizimi, motivatsiya, texnik imkoniyatlar.

Abstract

Annotatsiya: Tinglab tushunish — zamonaviy til o‘rganishda, xususan, xorijiy tillarni o‘zlashtirishda muhim kompetensiya hisoblanadi. Ayniqsa, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va virtual vositalar hayotimizning barcha jabhalariga chuqur kirib kelgan hozirgi zamonda tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirishning yangi yo‘llari va o‘ziga xos muammolari yuzaga chiqmoqda. Virtual vositalar — audio va video yozuvlar, onlayn darslar, podkastlar, virtual kommunikatlarga asoslangan dasturlar — bu kompetensiyani shakllantirish hamda rivojlantirishda beqiyos xizmat qiladi. Biroq bu yo‘nalishda ham qator muammolar va kamchiliklar kuzatiladi. Ushbu maqolada virtual vositalardan foydalanishda yuzaga keladigan kamchiliklar va ularni bartaraf etishning samarali usullari atroflicha yoritilib, tinglab tushunishni rivojlantirishda doimiy ravishda uchrab turadigan muammolar tahlil qilinadi.

Published

2025-12-10