KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINI ELEKTRON TIJORAT TARMOQLARIGA JOYLASHTIRISHNING BIZNESDAGI SAMARADORLIGI
Keywords:
Kichik biznes subyektlari, elektron tijorat tarmoqlari, onlayn savdo, raqamli platformalar, biznes samaradorligi, savdo hajmi, marketing strategiyasi, internet savdosi, mijozlar bilan aloqalar, raqobatbardoshlik, xarajatlarni optimallashtirish, elektron to‘lov tizimlari, logistika jarayonlari, raqamli iqtisodiyot, innovatsion texnologiyalar.Abstract
Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarining elektron tijorat tarmoqlariga joylashtirilishidagi iqtisodiy samaradorlik, raqamli platformalar orqali o‘sish dinamikasi o’rganilgan. Elektron tijorat platformalari orqali mahsulot va xizmatlarni onlayn savdoga chiqarishning marketing imkoniyatlari, xarajatlarni kamaytirish mexanizmlari hamda mijozlar bazasini kengaytirishdagi ahamiyati yoritib beriladi. Shuningdek, raqamli savdo muhitiga moslashishda uchraydigan muammolar, jumladan texnologik yetishmovchilik, internet infratuzilmasi va kadrlar malakasiga oid masalalar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar, amaliy misollar va taqqoslama tahlillar asosida kichik biznes uchun elektron tijoratning ijobiy va salbiy jihatlari baholanadi hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari kichik biznes subyektlarining elektron savdo bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida amaliy ahamiyat kasb etadi.