LEKSIK INTERFERENSIYANI BARTARAF ETISHDA AUTENTIK MATERIALLARNI TANLASH MEZONLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: leksik interferensiya, autentik materiallar, tanlash mezonlari, til o‘rgatish metodikasi, kollokatsiyalar, semantik xatolar.Abstract
Chet tilini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarda uchraydigan leksik interferensiya grammatika, semantika va pragmatika darajasida nutqning tabiiyligi va aniqligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan, autentik materiallardan foydalanish til tajribasini real kommunikativ kontekstga yaqinlashtirish orqali interferensiyani kamaytiruvchi omil sifatida ko‘rilmoqda. Aksariyat tadqiqotlar autentik resurslarning foydasini ta’kidlaydi, biroq ular qaysi mezonlar asosida tanlanganida samaradorlik yuqori bo‘lishi haqida yetarli amaliy yo‘riqnoma mavjud emas. Shuning uchun ushbu tadqiqot autentik materiallarni tanlash mezonlarini aniqlash va ularning interferensiyani kamaytirishdagi ta’sirini empirik asosda sinovdan o‘tkazishga qaratildi.
Downloads
Published
2025-12-11