HOZIRGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA MIFOLOGIK OBRAZLARNING NAZMDA NAMOYON BO‘LISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: o‘zbek she’riyati, mifologik obraz, afsona, ramz, metafora, poeziya, motiv, badiiy tafakkur, milliy qadriyat, zamonaviylikAbstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada hozirgi o‘zbek she’riyatida mifologik obrazlarning paydo bo‘lishi, ularning badiiy tafakkurda tutgan o‘rni hamda mazmun va shaklga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi. Shoirlarimiz tomonidan qadimiy afsona, rivoyat va miflarga murojaat qilinishi orqali milliy qadriyatlar va zamonaviylik uyg‘unlashuvi ochib beriladi. She’riyatda mifologik obrazlar orqali umuminsoniy va ijtimoiy muammolarning badiiy ifodasi, shuningdek, ramziy, metaforik tasvirning kengayish jarayonlari yoritiladi. Tadqiqotda zamonaviy o‘zbek shoiralari va shoirlari asarlaridagi mifologik motivlar namunalari tahlil etilib, ulardan samarali foydalanishning poeziyadagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi.
Downloads
Published
2025-12-11