DARAJALI FUNKSIYA, UNING GRAFIGI VA TADBIQLARI
Keywords:
Kalit soʻzlar: darajali funksiya, funksiya grafigi, algebra, funksiya ildizlari, kritik nuqtalar, modellashtirish.Abstract
Annotatsiya: Darajali funksiya matematikaning asosiy tushunchalaridan biri boʻlib, u koʻplab nazariy va amaliy masalalarni yechishda keng qoʻllaniladi. Ushbu mavzu kundalik hayotda, ilmiy tadqiqotlarda, muhandislik va iqtisodiy sohalarda ham oʻzining alohida oʻrniga ega. Bu funksiyaning oʻrganilishi matematik analiz, algebra hamda boshqa matematik yoʻnalishlar uchun asos yaratadi. Darajali funksiyalarning turlari, ularning grafigi va amaliyotdagi tadbiqlari juda keng va serqirra. Darajali funksiya deganda, odatda, koʻrsatkichli yoki darajali koʻrinishdagi funksiyalar tushuniladi. Bu yerda koʻrinishidagi funksiya eng asosiy tur hisoblanadi. Bu turdagi funksiyalarda x oʻzgaruvchi, n esa butun yoki haqiqiy sondan iborat boʻladi. Darajali funksiyalar oddiy algebraik ifodalar bilan ishlashda ham, murakkab matematik modellar tuzishda ham muhim vosita hisoblanadi.