MASOFAVIY TA'LIM JARAYONIDA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Masofaviy ta’lim, raqamli baholash, onlayn testlar, avtomatlashtirilgan baholash, portfolioga asoslangan baholash, adaptiv baholash, loyiha asosida baholash, akademik halollik, monitoring, o‘z-o‘zini baholash, ta’lim sifati, onlayn platformalar, elektron ta’lim, talabalar faolligi.Abstract
Ushbu maqolada masofaviy ta’lim jarayonida talabalar bilimini baholashning zamonaviy yondashuvlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari yoritilgan. Masofaviy ta’limning kengayishi baholash tizimini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda. Ayniqsa, raqamli platformalar orqali baholashda ob’ektivlik, shaffoflik, akademik halollikni ta’minlash, topshiriqlarni diferensiallashtirish va talabalar faoliyatini muntazam monitoring qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada test texnologiyalarini modernizatsiya qilish, avtomatlashtirilgan baholash tizimlari, portfolioga asoslangan baholash, loyiha asosida baholash va adaptiv baholash kabi metodlarning afzalliklari ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, masofaviy ta’lim sharoitida motivatsiyani oshirish, talabalarning o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish va raqamli baholash vositalarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.