O’ZBEKISTONDA RAQAMLI MARKIROVKALASHNING TIZIMINING ISTIQBOLLARI

Authors

  • Xudoyberdiyev Elbek Abdurashit o’g’li Author

Abstract

Ushbu tezisning asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, xususan, raqamli markirovka tizimining joriy etilishi, mahsulotlarning noqonuniy aylanishi, soxta mahsulotlar va kontrabanda bilan kurashishda muhim ahamiyatini o’zida aks ettiradi. O'zbekistonda raqamli markirovkalash tizimi, mahsulotlar va xizmatlarni ro'yxatdan o'tkazish, ular bilan bog'liq barcha operatsiyalarni onlayn monitoring qilish orqali bozorda maxsus nazoratni amalga oshirishni maqsad qiladi. Ushbu tizimning asosiy vazifalari orasida noqonuniy savdo va yuklarni kamaytirish, iste'molchilarni himoya qilish va soliq tushumlarini oshirish bor. Bundan tashqari, raqamli markirovka nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro savdo aloqalarida ham O'zbekiston mahsulotlarining sifatini ta'minlash va ularning raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini yaratadi.

Author Biography

  • Xudoyberdiyev Elbek Abdurashit o’g’li

    O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi

Published

2025-03-05