SHIFOKOR QABULIGA NAVBATNI AVTOMATLASHTIRISHNING ANALITIK TAHLILI

Authors

  • Ismoilova Sevara Qobiljon qizi Author
  • Xoshimova Maftuna Xoshimjon qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: shifokor qabuliga yozilish, navbatni avtomatlashtirish, elektron navbat tizimi, onlayn ro‘yxatdan o‘tish, telemeditsina, intellektual tizimlar, tibbiy xizmat sifati, bemor qulayligi, resurslarni boshqarish, raqamli savodxonlik.

Abstract

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada shifokor qabuliga navbatni avtomatlashtirish tizimlarining samaradorligi va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. An’anaviy tizimlarning kamchiliklari, jumladan, uzoq kutish, resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishi va bemorlarning noroziligi kabi muammolar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, avtomatlashtirilgan onlayn ro‘yxatdan o‘tish, elektron navbat tizimlari, intellektual boshqaruv va telemeditsina xizmatlarining afzalliklari hamda ularni joriy etishdagi qiyinchiliklar yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, navbatni avtomatlashtirish bemorlar uchun qulaylik yaratib, shifokorlar ishini samarali tashkil etishga hamda tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, texnologik infratuzilmani rivojlantirish, raqamli savodxonlikni oshirish va maxfiylik masalalarini hal qilish ushbu jarayonning muhim shartlaridan biridir.

Author Biographies

  • Ismoilova Sevara Qobiljon qizi

    Axborot tizimlari va texnologiyalari yo’nalishi,

     Andijon davlat texnika instituti, 4-kurs talabasi

  • Xoshimova Maftuna Xoshimjon qizi

    Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi assistenti

    Andijon davlat texnika instituti

Published

2025-03-31