TALABALARDA 4K MODELI ASOSIDA EKOLOGIK KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: 4K modeli, ekologik ko‘nikmalar, barqaror rivojlanish, ekologik ta'lim, ijtimoiy mas'uliyat, talabalar, ekologiya, ekologik bilimlar.Abstract
Hozirgi kunda global ekologik muammolar, iqlim o‘zgarishi va tabiiy resurslarning tezda kamayib borishi kabi masalalar butun dunyo bo‘ylab jiddiy tahdid solmoqda. Ushbu muammolarni hal qilishda talabalarning ekologik bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Talabalar, kelajakda ekologik qarorlar qabul qilishda va barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, ekologik ko‘nikmalarni rivojlantirishga oid pedagogik yondashuvlarni ishlab chiqish zarur. 4K modeli (Knowledge, Know-how, Knowledgeable, Character) talabalarni ekologik bilimlar, ko‘nikmalar, tajriba va shaxsiy mas’uliyat bilan ta'minlashga qaratilgan samarali yondashuv sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Downloads
Published
2025-04-05