ILK O‘RTA ASRLAR.
Abstract
O‘rta asrlar tarix fanida jahon tarixining qadimgi dunyo tarixi bilan yangi tarix oralig‘idagi davrni ifodalash uchun qabul qilingan atama o‘rta asr tushunchasi XV-XVI asr italyan tarixchilari asarlarida vujudga kelgan, fanda XVIII asrda qaror topgan. Dastlab G‘arbiy Yevropa mamlakatlar tarixiga nisbatan ishlatilgan. O‘rta asrlar V asrdan – XV asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Milodiy 476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasi qulagandan so‘ng o‘rta asrlar boshlangan. O’rta asrlar ikkiga bo‘linadi: Ilk o‘rta asrlar davri V – XI asrlarni o‘z ichiga oladi, Rivojlangan o‘rta asrlar esa XI – XV asrlarni o‘z ichiga oladi. Tarix faniga o‘rta asrlar tushunchasi uyg‘onish davri mutaffakirlari tomonidan berilgan bo‘lib, madaniyat yuksak etgan antik davr bilan uyg‘onish davri o‘rtasidagi davrga nisbatan ishlatilgan. Ilk o‘rta asrlar davrida O‘rta Osiyo tarixida muhim voqealar bo‘lib o‘tdi. Bu yerda shahar hunarmanchiligi keng tarmoq otib rivojlanishda davom etdi. Samarqand, Buxoro, Poykent va boshqa shaharlar yirik savdo-sotiq markazlari sifatida o‘rnini saqlab qoldi. Hatto Shosh-Iloq vohasidagi shaharlar juda jadal rivojlanish yo‘liga tushib qoldi. Bu shaharlarda hunarmandchilikning kulolchilik, shishasozlik, metallurgiya, to‘qimachilik sohalari yuksak professional darjada rivojlanib ular ko‘p hollarda tashqi savdo uchun mahsulot chiqarar edi. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo haqida gapiradigan bo‘lsak, to‘qimachilik hunarmandchilikning ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Ayniqsa, ipak mahsulolartini ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilgan. VII asrda O‘rta Osiyo ijtimoiy va siyosiy hayotida yer berilgan feodallashtirish jarayonining rivojlanishi xoqonlikda ichki qarama-qarshiliklarning chuqurlashishiga olib keldi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibida o‘zgarishlar hatto yer egalari bo‘lgan dehqonlar, badavlat savdogar va hunarmandlar tabaqasi paydo bo‘ldi. Yerlar o‘z navbatida shaharlarni vujudga kelishiga ko‘p tarmoqli hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishiga ta’sir o‘tkazdi. Malumki, G‘arb bilan Sharqni bog‘lovchi muhim savdo yo‘li bilan Buyuk Ipak yo‘l(G‘arbiy meridian yo‘l)ining qadimgi Farg‘onadan o‘tgan yo‘nalishi ilk o‘rta asrlarga kelib, O‘rta Osiyo Shimoliy hududlarining ichki rayonlariga kirib bordi. Savdo-sotiqni pul asosida rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratildi, tanga pul zarb qilishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayib, pul zarbxonalarining yangi markazlari paydo bo‘ldi. O‘rta Osiyo borasida Toxariston, So‘g‘d, Usturshona va Shosh tangalari keng muomalada bo‘ldi. Ilk o‘rta asrlarda har bir shahar o‘zining markazlari bilan mashhur bo‘lgan. Masalan, VI – VII asrlarda shakllangan Buxoroning “Zandanichi” ipak mahsulotlariga bo‘lgan talab katta bo‘lgan hamda, Samarqand esa o‘zining “toq qizil baxmali” bilan mashhur bo‘lgan.