ISSIQXONA SHAROITIDA BANAN YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Authors

  • Faxriddin Bo'ronov Zayniddinovich Author

Keywords:

Kalit so’zlar: Banan, issiqxona, harorat, namlik, tuproq tarkibi.

Abstract

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada issiqxona sharoitida banan yetishtirish texnologiyasi va uning asosiy omillari haqida so‘z boradi. Dunyo bo‘yicha banan yetishtirish hajmi va ularning eng yirik ishlab chiqaruvchi davlatlari tahlil qilinadi. Banan yetishtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan harorat, namlik, yorug‘lik, havo aylanishi, tuproq tarkibi va o‘g‘itlash kabi omillar tavsiflanadi. O‘zbekiston hududida banan etishtirishning hozirgi holati, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion texnologiyalarni joriy etish zarurati haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, banan navlari, ularning xususiyatlari va tijorat maqsadlarida qo‘llanilishi haqida ma'lumot beriladi. Banan navlaridan Grand Naine, Super Dwarf Cavendish, Dwarf Cavendish, va Masak Xijayu kabi mashhur navlar, ularning hosildorligi va kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Ishning yakunida, O‘zbekistonda banan yetishtirishda innovatsion texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish zarurligi ta'kidlanadi. Bu ish issiqxona sharoitida banan yetishtirishni rivojlantirish uchun ilmiy asoslangan yondashuvlarni va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning muhimligini ko‘rsatadi.

Author Biography

  • Faxriddin Bo'ronov Zayniddinovich

    Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik

    ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti

Published

2025-04-08