“MAXZAN UL-ASROR” DOSTONINING NUSXALARI VA NASHRLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Haydar Xorazmiy, “Maxzan ul-asror”, qo‘lyozma nusxalari, nashrlar, nasta’liq xati, ta’liq xati, miniatura, o‘zbek adabiyoti, masnaviy.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada Haydar Xorazmiyning “Maxzan ul-asror” dostoni qo‘lyozma nusxalarining tarqalishi, saqlangan joylari va nashrlari tahlil qilinadi. Asarning uyg‘ur va arab yozuvidagi qo‘lyozmalari Istanbul, London, Vena, Parij, New York, Dublin, Budapesht, Toronto va Qozon kabi shaharlardagi kutubxona va ilmiy muassasalarda saqlanayotgani haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, ushbu qo‘lyozmalarning xattotlari, yozuv uslublari, miniatura va bezak elementlari, sahifa hajmlari va nashrlardagi farqli jihatlar o‘rganiladi. Dostonning turli nashrlari, jumladan, “O‘zbek adabiyoti” xrestomatiyasi, “Asrlar nidosi” va “Muborak maktublar” to‘plamlarida chop etilgan qismlar o‘zaro solishtirilgan. Maqolada “Maxzan ul-asror”ning ilmiy muhitda o‘rganilishi va nashrlardagi tafovutlar xususida ham fikr yuritilgan.
References
1. Абдуллаев Н. Ҳайдар Хоразмийнинг Низомий “Махзан ул-асрор”ига муносабат//. “Ўзбек тили ва адабиёти”, 1974, 2-сон, 13-17-бетлар.
2. Асрлар нидоси.-Т.:Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти , 1982,7-41- бетлар.
3. Навоийнинг нигоҳи тушган.-Т.:Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти , 1986, 187-214- бетлар.
4. Муборак мактублар.-Т.:Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти , 1987, 211-246-бетлар.
5. Ғаффоров Н. “Гулшан ул-асрор” нашрлари ҳақида// “Ўзбек тили ва адабиёти”, 1993, 2-сон, 52-53-бетлар
6. Воҳидов Р., Эшонқулов Ҳ. Ўзбек мумтоз адабиёти тарихи. – Тошкент: ЎзЮ Адабиёт жамғармаси нашриёти, 2006.
7. Ҳ. Хоразмий. Махзан ул-асрор.- Қозон.1858. Инв.5498
8. Ўзбек адабиёти. Тўрт томликю 1-том.-Т.: “ЎзССР давлат бадиий нашриёти, 1959. 196-215- бетлар.
9. Haydar Xorazmiy. Maxzan al-asrar.Library and Information Centre of the Hungarian Academy of Sciences, 2020,pp. 34-35
10. Serkan Ҫakmak. MAHZENŰ’L-ESRĂR’IN UYGUR HARFLI ALI ŞAH BAHŞI NŰSHASI// TAED-66, 2019. 366-s