FONETIK USLUBIYAT VA UNING O’ZIGA XOS JIHATLARI
##semicolon##
fonetik uslubiyat, intonatsiya, ritm, alliteratsiya, assonans, ekspressiv fonetika, poetik fonetika, stilistika, badiiy nutq, fonetik vositalar, zamonaviy tadqiqotlar, tilshunoslik.##article.abstract##
Maqola fonetik uslubiyatni ilmiy jihatdan o‘rganishga bag‘ishlanadi.
Fonetik uslubiyat – bu tilning tovush tizimi, uning nutqdagi estetik va ekspressiv
imkoniyatlarini o‘rganadigan tilshunoslik sohasi bo‘lib, tilshunoslikdan tashqari
badiiyatda ham katta o‘rin egallaydi. Uslubiyat va fonetika o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘lanish, nutqning badiiy jihatlari, tovushlarning estetik roli va ekspressiv
fonetikaning adabiyotdagi ahamiyati bugungi kunda soha tadqiqotlarida asosiy mavzulardan
biridir. Maqolada, ayniqsa, intonatsiya, ritm, alliteratsiya, assonans kabi fonetik
vositalarning badiiy nutqdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, fonetik uslubiyatning
metodologiyasi va uning tahlil usullari, o‘zbek tilida bu sohadagi zamonaviy
tadqiqotlar ham batafsil o‘rganilgan. Bu ishda fonetik uslubiyatning
tilshunoslikdagi boshqa tarmoqlar, masalan, sintaksis va semantika bilan
aloqalari ham tahlil qilingan. Fonetik vositalar nafaqat tilni, balki uning badiiy
kuchini oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi.