SAKROVCHANLIK, SAKRASH CHIDAMKORLIGI VA ULARNING SPORT AMALIYOTIDAGI O‘RNI.
Keywords:
sakrovchanlik, sakrash chidamkorligi, pliometrik mashqlar, tezkor kuch, jismoniy tayyorgarlik, sport amaliyoti, chidamlilik, koordinatsiya, o‘yin sport turlari, trening metodikasi.Abstract
Ushbu maqolada sportchilar jismoniy tayyorgarligining muhim ko‘rsatkichlari bo‘lgan sakrovchanlik va sakrash chidamkorligining mazmuni, ularni rivojlantiruvchi omillar hamda sport amaliyotidagi o‘rni yoritilgan. Sakrovchanlik - sportchining qisqa vaqt ichida maksimal balandlikka yoki masofaga sakrash qobiliyati sifatida talqin qilinadi, sakrash chidamkorligi esa — uzluksiz, takroriy sakrash harakatlarini bajarishdagi bardoshlilikni ifodalaydi. Maqolada ushbu jismoniy sifatlarning voleybol, basketbol, yengil atletika va gimnastika kabi sport turlaridagi ahamiyati, trening metodikasi hamda amaliy mashqlar tahlil qilinadi. Ushbu material murabbiylar, sport mutaxassislari va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun foydali uslubiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.Downloads
Published
2025-05-07
Issue
Section
Articles
How to Cite
Po‘latova Shahnoza Ikrom qizi. (2025). SAKROVCHANLIK, SAKRASH CHIDAMKORLIGI VA ULARNING SPORT AMALIYOTIDAGI O‘RNI. Ustozlar Uchun, 71(1), 158-162. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/12105