15 - 16 YOSHLI VOLEYBOLCHI QIZLARNING UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI.
Keywords:
voleybol, umumiy jismoniy sifatlar, maxsus jismoniy sifatlar, o‘smir sportchilar, sakrovchanlik, reaksiya tezligi, jismoniy tayyorgarlik, sport mashg‘ulotlari, chidamlilik, trening metodikasi.Abstract
Mazkur maqolada 15 - 16 yoshli voleybolchi qizlarning umumiy va maxsus jismoniy sifatlarini rivojlantirishning dolzarbligi muhokama qilinadi. Ushbu yoshdagi sportchilarning jismoniy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari, mushaklarning rivojlanishi, kuch, tezlik, chidamlilik kabi umumiy jismoniy sifatlarning shakllanishi, shuningdek, voleybolga xos maxsus sifatlar - sakrovchanlik, reaksiyaviy tezlik, koordinatsiya va o‘yin chidamligi haqida batafsil ma'lumot beriladi. Jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarining samarali tashkil etilishi, sportchilarning o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada rivojlantirishga yordam beradi. Maqolada shuningdek, yosh sportchilarda umumiy va maxsus sifatlarni o‘zaro uyg‘unlashtirib rivojlantirishning ahamiyati va bunday yondashuvning sport amaliyotidagi natijalariga ta’siri tahlil etiladi.