MUSIQA SAN`ATI TARIXI.
Keywords:
Musiqaning ushbu ifodaviy tasviriy imkoniyatlari yunon olimlari – Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari – Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari – Imom Gʻazzoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharx va ilmiy tadqiq qilingan.Abstract
Musiqa (qadimgi yunoncha: – „muzalar sanʼati“) – inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovushlar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanʼat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy-badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (masalan, koʻtarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar) ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (qatʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi.
Downloads
Published
2025-05-07
Issue
Section
Articles
How to Cite
Sh.Yigitalieva. (2025). MUSIQA SAN`ATI TARIXI. Ustozlar Uchun, 71(1), 200-203. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/12121