JISMNING TRAYEKTORIYASINI ANIQLASH: TO`G`RI CHIZIQLI VA EGRI CHIZIQLI HARAKAT
Ключевые слова:
Jismning trayektoriyasic, tezlik, tezlanish, markaziy tezlanish, tangensial tezlanish, matematik modellash.Аннотация
Mazkur maqola jismning harakati va trayektoriyasini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Jismning harakati ikki asosiy turga bo‘linadi: to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli harakat. Har ikki holatda jismning trayektoriyasini aniqlash uchun matematik modellardan foydalaniladi. To‘g‘ri chiziqli harakatda jism bir yo‘nalishda va doimiy tezlik bilan harakatlanadi, uning joylashuvi va tezligi vaqtga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Egri chiziqli harakatda esa jismning trayektoriyasi egri chiziq bo‘lib, tezlik va tezlanishning komponentlari markaziy va tangensial qismlarga bo‘linadi. Mazkur maqolada har ikkala harakat turi uchun matematik formulasiyalar va misollar keltirilgan. Ushbu tahlillar orqali jismning harakatini va uning trayektoriyasini aniq va izchil hisoblash mumkin.