FONETIK USLUBIYAT MASALALARI
Keywords:
intonatsiya, ritm, temp, fonetik uslubiyat, fonetik stilistika, nutq tovushlari, alliteratsiya, supersegmental birlik, fonetik ekspressiya, urg’u, ohang, stilistik vosita, emotsional ta’sir, talaffuz assonans.Abstract
Ushbu maqolada fonetik uslubiyatning nazariy asoslari, uning asosiy tushunchalari va stilistik funksiyalari yoritilgan. Muallif fonetik stilistikaning nutq tovushlari orqali ta’sirchanlikni oshirishdagi rolini tahlil qiladi. Unli va undosh tovushlarning takrorlanishi, alliteratsiya, assonans, tovushga taqlid kabi usullar orqali nutqqa emotsional va ekspressiv tus berilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ayniqsa, she’riy nutqda fonetik vositalarning ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada fonetik ekspressiya usullari — unli cho‘zilishi, kuchli talaffuz, undoshni ikkilantirish, ohang va urg‘u o‘zgarishi kabilar misollar bilan tushuntirilgan. Nutqdagi intonatsiya, pauza, ritm va temp kabi supersegmental elementlarning fonostilistik tahlilidagi o‘rni ham yoritiladi. Maqola fonetik-stilistik vositalarning badiiy, notiqlik, jurnalistik va boshqa nutq uslublaridagi ifodaviy imkoniyatlarini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.