"YOSH XUSUSIYATLARINI INOBATGA OLGAN HOLDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING FAOLLIGINI TA’MINLASH"
Keywords:
boshlang‘ich ta’lim, yosh xususiyatlari, o‘quvchi faolligi, interfaol metodlar, o‘yinli mashg‘ulotlar, didaktik materiallar, motivatsiya, individual yondashuv, dars samaradorligi.Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh psixologik va fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning dars jarayonidagi faolligini oshirish yo‘llari yoritilgan. O‘quvchilarning e’tibor, xotira, qiziqish va emotsional rivojlanish darajasi dars metodikasini tanlashda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Muallif darslarni tashkil etishda interfaol metodlar, o‘yin elementlari, jismoniy faollikni rag‘batlantiruvchi mashqlar va individual yondashuvdan foydalanish samaradorligini asoslab beradi. Tadqiqotda o‘quvchilarni darsga jalb etish, ularning mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan. Maqola boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun metodik qo‘llanma sifatida xizmat qilishi mumkin.