O‘QUVCHILARNING GEOMETRIK MASALALARNI YECHISHDA IJODKORLIGINI BOYITISH MAQSADIDA OLIMPIADA MASALALARI
Keywords:
Geometriya, masalalar, ijodkorlik, olimpiada masalalari, analitik fikrlash, tasavvur, matematik metodlar, ta’lim metodikasi.Abstract
Geometriya, matematikaning eng muhim va asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarning analitik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, geometrik masalalarni yechishda ijodkorlikni oshirish, nafaqat o‘quvchilarning bilim darajasini, balki ularning amaliy va nazariy fikrlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Mazkur maqolada, geometrik masalalarni yechishda o‘quvchilarning ijodkorligini boyitish uchun olimpiada masalalari va metodlari muhokama qilinadi. Olimpiada masalalari o‘quvchilarni yangi, noan'anaviy yondashuvlarga undaydi va ular uchun qiyinchiliklar yaratadi, shu bilan birga, ijodiy yondashuvni rivojlantiradi. Maqolada, bu masalalar orqali o‘quvchilarda geometrik tasavvurlarni mustahkamlash, yechimlarni turli yo‘llar bilan topish qobiliyatini oshirishga qaratilgan metodlar taklif etiladi.