SOVET TARIXSHUNOSLIGIDA OKTYABR INQILOBINING TALQINI
Keywords:
Oktyabr inqilobi XX asrning eng muhim siyosiy voqealaridan biri hisoblanadi. Sovet Ittifoqi davrida ushbu inqilobga berilgan tarixiy baho mafkuraviy nuqtai nazardan yondashilgan bo‘lib, u siyosiy buyurtma asosida yozilgan tarixiy manbalar bilan to‘la.Abstract
Mazkur maqolada Sovet tarixshunosligida 1917-yilgi Oktyabr inqilobiga berilgan baho, uning ilmiy asoslari va siyosiy buyurtmalar ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot davomida Sovet davrida inqilob voqealari marksistik-lenincha mafkuraga moslab talqin qilinganligi, tarixiy jarayonlar bir yoqlama yoritilgani, muqobil fikrlarga esa imkon berilmaganligi asoslab beriladi. Ayniqsa, 1920–1980-yillar oralig‘idagi rasmiy tarixiy adabiyotlar va darsliklar tahlili asosida inqilobning “xalq qo‘zg‘oloni” sifatidagi targ‘iboti ortida siyosiy maqsadlar yotganligi ochib beriladi. Maqolada G‘arb tarixshunosligi va mustaqillikdan keyingi tarixiy yondashuvlar bilan solishtirma tahlillar ham keltirilib, tarixiy haqiqatni qayta tiklash zarurati ta’kidlanadi.
Downloads
Published
2025-05-14
Issue
Section
Articles
How to Cite
Suyunova Xumora. (2025). SOVET TARIXSHUNOSLIGIDA OKTYABR INQILOBINING TALQINI. Ustozlar Uchun, 71(3), 150-153. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/13593