MAGNOLIYASIMONLAR SINFI (MAGNOLIOPSIDA) GA KIRUVCHI BA’ZI DORIVOR O‘SIMLIKLARNING BOTANIK TAVSIFI VA MASHG‘ULOT JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING AHAMIYATI
Ключевые слова:
Magnoliya, oila, turkum, tur, qazilma tur, morfologik tuzilish, ekologiya, dorivor o‘simliklar, manzarali daraxt, botanika, o‘simliklar sistematikasi.Аннотация
Ushbu maqolada gulli o‘simliklar sistematikasida alohida o‘rin tutuvchi Magnoliyasimonlar sinfi va uning vakili bo‘lgan Magnoliyalar tartibi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Mazkur tartib qadimgi angiosperma (gulli o‘simliklar) vakillaridan biri bo‘lib, o‘zida birlamchi belgilarni saqlab qolgan. Magnoliyalar asosan tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi doimiy yashil yoki barg to‘kuvchi daraxtlar hamda butalardir. Maqolada ularning morfologik va anatomik tuzilishi, ekologik moslanishlari, ko‘payish usullari hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Maqolada, shuningdek, magnoliyalarning ekologik ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Ular kislorod ishlab chiqarish, tuproqni mustahkamlash, changlatuvchilarni jalb qilish orqali tabiiy ekotizimni muvozanatda saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, yangi pedagogik texnologiyalar ham ushbu maqolada aks ettirilgan.