TURLI INVESTITSION STRATEGIYALARNI TAHLIL QILISH VA ULARNING KORXONA SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
Keywords:
investitsiya, investorlar, iqtisodiy rivojlanish, portfel investitsiyalar, investitsion strategiyalar, diversifikatsiya.Abstract
Ushbu maqola “Turli investitsion strategiyalarni tahlil qilish va ularning korxona samaradorligiga ta’siri” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, investitsion strategiyalarning korxona faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganadi. Maqolada investitsiyalarning asosiy turlari - to‘g‘ridan-to‘g‘ri, portfel va ijtimoiy mas’uliyatli investitsiyalar - batafsil tahlil qilinadi. Har bir strategiyaning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rsatiladi, shuningdek, ularning korxona rentabelligi, raqobatbardoshligi va uzoq muddatli barqarorligi ustida qanday ta’sir ko‘rsatishi aniqlanadi. Maqolada shuningdek, investitsion strategiyalarni tanlashda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan omillar, jumladan, bozor sharoitlari, iqtisodiy tendensiyalar va korxonaning ichki resurslari haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Tahlil natijalari asosida, turli investitsion strategiyalarni qo‘llash orqali korxonalar o‘z samaradorligini oshirish, risklarni kamaytirish va yangi imkoniyatlardan foydalanish imkoniyatlariga ega ekanligi ko‘rsatiladi.