MAKTABLARDA FONETIKA VA GRAFIKA O’QITISH USULLARI
Keywords:
fonetika,grafika,oʻqitish usullari,maktab taʼlimi,talaffuz,yozuv va tovush mosligi,boshlangʻich taʼlim,interfaol metodlar,lingvistik kompetensiya,audio-vizual vositalarAbstract
Ushbu ishda maktablarda fonetika va grafika bo‘yicha ta’lim berish jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan usullar yoritilgan. Fonetika – nutq tovushlarini oʻrganadigan tilshunoslik sohasi sifatida, talaffuz, urg‘u, intonatsiya kabi elementlarni to‘g‘ri shakllantirishga xizmat qiladi. Grafika esa yozuvdagi harflar va ularning tovushlar bilan bog‘liqligini oʻrgatadi. Annotatsiyada bu ikki yo‘nalish boʻyicha o‘quvchilarga bilim berish metodikalari, dars jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion yondashuvlar, audio-vizual vositalardan foydalanish, interfaol usullar orqali o‘quvchilarning fonetik va grafik bilimlarini mustahkamlash yo‘llari haqida so‘z boradi. Ishda shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos metodlar va o‘qitishning bosqichma-bosqichligi muhim oʻrin egallaydi.