BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDA YUNON-RUM KURASHCHILARINING EGILUVCHANLIK SIFATLARINI OSHIRISH USLUBIYATI

Authors

  • Inog‘amov Ilxom Imom O‘g‘li Author

Keywords:

Yunon-rum kurashi, egiluvchanlik, boshlang‘ich tayyorgarlik, sport mashqlari, PNF texnikasi, jismoniy sifatlar, o‘smir sportchilar.

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yunon-rum kurashi bilan shug‘ullanuvchi o‘smir sportchilarning egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan uslubiy yondashuvlar o‘rganildi. Tadqiqotda 12–14 yoshdagi sportchilar ishtirokida eksperiment tashkil etilib, tajriba guruhiga maxsus mashqlar dasturi joriy etildi. 8 hafta davomida statik cho‘zilish, dinamik egiluvchanlik, PNF texnikasi va passiv cho‘zilish mashqlari asosida tuzilgan kompleks mashg‘ulotlar tatbiq qilindi. Natijalarda tajriba guruhining egiluvchanlik ko‘rsatkichlarida nazorat guruhiga nisbatan sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Ushbu yondashuv boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi sportchilar uchun egiluvchanlikni samarali rivojlantirishda muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Published

2025-05-21

How to Cite

Inog‘amov Ilxom Imom O‘g‘li. (2025). BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDA YUNON-RUM KURASHCHILARINING EGILUVCHANLIK SIFATLARINI OSHIRISH USLUBIYATI. Ustozlar Uchun, 72(1), 181-187. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/15044