ZAMONAVIY O‘ZBEK TILIDA YANGI SO‘ZLAR VA ULARNING QO‘LLANISH XUSUSIYATLARI
Keywords:
zamonaviy o‘zbek tili, neologizm, yangi so‘zlar, leksik boylik, til taraqqiyoti, internet tili, ijtimoiy tarmoqlar, adabiy til, semantik tahlil, stilistik xususiyatlarAbstract
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek tilida yuzaga kelayotgan yangi so‘zlar (neologizmlar)ning paydo bo‘lish sabablari, ularning shakllanish usullari va amaliy qo‘llanish doirasi tahlil etiladi. Maqolada ijtimoiy-siyosiy, texnologik, madaniy sohalardagi taraqqiyot, globallashuv va internet kommunikatsiyalarining leksik boylikka ko‘rsatayotgan ta’siri yoritiladi. Yangi so‘zlarning matbuot, ijtimoiy tarmoqlar va og‘zaki nutqda qanday o‘zlashtirilayotgani kuzatiladi hamda ularning adabiy til me’yorlariga mosligi baholanadi. Tadqiqot davomida zamonaviy neologizmlar lug‘ati shakllantirilib, ularning semantik tahlili va stilistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bu jarayonda tilshunoslarning qarashlari va mavjud ilmiy manbalar asosida nazariy asoslar yoritilgan. Maqola o‘zbek tilining zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish hamda neologizmlarni lingvistik jihatdan tizimlashtirishga hissa qo‘shadi.