JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA HARAKATLI O‘YINLAR VOSITASIDA O‘QUVCHILARNI ESTETIK TARBIYALASH
Keywords:
o‘quvchilarni estetik tarbiyalash, milliy harakatli o‘yinlar, texnika, metodika, tayyorgarlik, bolalar, estetik rivojlanish omillari.Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlar vositasida estetik tarbiyalash borasida dars jarayonini muvofaqqiyatli tashkil etish uchun ularni (milliy harakatli o‘yinlarning) rejalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma'noda ta'lim tizimining umumiy o‘rta ta'lim bosqichida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yuksak ma'naviyatli, estetik didli, axloqli va ma'rifatli, bir so‘z bilan aytgada, barkamol shaxs sifatida tarbiyalashga alohida ahamiyat berilishi talab etilmoqda. Bu jarayonda yosh avlodning jamiyat rivojiga mos bilim, ko‘nikma va malakalar sohibi bo‘lishi muhimligini ta'kidlaydi. Jumladan, ta'lim va tarbiya ishlarini boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy harakatli o‘yinlarning estetik asoslarini anglash ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltirish masalasi yoritilgan.