9-SINF " MÈMORIY OBIDALAR"(ANIQLOVCHI VA UNING IFODOLANISHI)
Keywords:
aniqlovchi, ifodalanish vositalari, grammatik tahlil, 9-sinf, ona tili, memoriy obidalar, matn tahlili, so‘z turkumlari, tilshunoslik, ta’lim.Abstract
Mazkur maqolada 9-sinf ona tili darsligidagi “Memoriy obidalar” mavzusi tahlil qilinib, undagi aniqlovchining grammatik vazifasi, uning ifoda vositalari va gapdagi o‘rni yoritiladi. Dastlab, aniqlovchi haqida nazariy ma’lumotlar berilib, uning so‘z turkumlari orqali ifodalanish shakllari o‘quvchilar darajasiga mos holda tushuntiriladi. So‘ngra “Memoriy obidalar” matni asosida aniqlovchining tahlili olib boriladi va u orqali til birliklarining boy imkoniyatlari namoyon etiladi. Maqola, shuningdek, o‘quvchilarda grammatik tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Material dars jarayonida interaktiv yondashuv asosida aniqlovchini o‘rgatishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin.