IJTIMOIY TARMOQLARNING O‘QUVCHILAR RUHIY SALOMATLIGIGA TA’SIRI VA PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
Keywords:
Ijtimoiy tarmoqlar, o‘quvchilar ruhiy salomatligi, psixologik mexanizmlar, emotsional holat, ijtimoiy ta’sir, stress, ijtimoiy izolyatsiya, raqobat hissi, internet faoliyati.Abstract
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning o‘quvchilarning ruhiy salomatligiga ko‘rsatadigan ta’siri va bu ta’sirlarning psixologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng tarqalishi bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar o‘quvchilar hayotining ajralmas qismiga aylangan. Maqolada ijtimoiy tarmoqlarda faol ishtirok etish natijasida yuzaga keladigan stress, qiyoslash hissi, ijtimoiy izolyatsiya, ruhiy charchoq va boshqa psixologik holatlar o‘rganiladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy ta’sirlari, ular orqali shakllanadigan psixologik mexanizmlar, o‘quvchilarning emotsional va ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri yoritiladi. Maqola yakunida o‘quvchilar ruhiy salomatligini saqlash va kuchaytirishga qaratilgan tavsiyalar berilgan.