O‘SMIRLIK DAVRIDA EMOTSIONAL O‘ZGARISHLAR VA PSIXOLOGIK YORDAM
Keywords:
O‘smirlik davri, emotsional o‘zgarishlar, psixologik yordam, stress, xavotir, ota-ona va bola munosabatlari, o‘quvchi psixologiyasi, psixoprofilaktika, ruhiy salomatlik, shaxsiy rivojlanish.Abstract
Mazkur maqolada o‘smirlik davrida yuzaga keladigan emotsional o‘zgarishlar va ularning o‘quvchilarning ruhiy holatiga ta’siri yoritilgan. O‘smirlik — inson hayotidagi murakkab va o‘zgaruvchan bosqich bo‘lib, bu davrda yoshlar o‘zini anglash, mustaqil fikrlash, ijtimoiy munosabatlar va shaxsiy identifikatsiya kabi jarayonlardan o‘tadi. Ushbu holatlarda emotsional beqarorlik, tez-tez kayfiyat almashishi, xavotir, tushkunlik yoki g‘azablanish kabi belgilar ko‘p kuzatiladi. Maqolada psixologning o‘smirlarga ko‘rsatadigan yordami, profilaktik va korreksion ishlarning ahamiyati, shuningdek, ota-ona va o‘qituvchilarning hamkorligi muhim o‘rin tutishi haqida so‘z yuritiladi. Tadqiqot natijalari asosida emotsional o‘zgarishlarni yumshatish va sog‘lom psixologik muhit yaratish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.