O‘SMIRLIKDA SHAХS RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI ICHKI VA TASHQI OMILLAR
Keywords:
O‘smirlik, shaxs rivojlanishi, psixologik o‘zgarishlar, fiziologik o‘zgarishlar, ichki omillar, tashqi omillar, tarbiya, ijtimoiy muhit, emosional holat, shaxsiy identifikatsiya.Abstract
Mazkur maqolada o‘smirlik davrida shaxs rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan ichki va tashqi omillar tizimli tarzda yoritib berilgan. O‘smirlik — psixologik, emotsional va fiziologik o‘zgarishlarning keskin kuchayadigan bosqichi bo‘lib, bu davrda shaxsning dunyoqarashi, o‘z-o‘zini anglash jarayoni, ijtimoiy munosabatlari shakllanadi. Maqolada temperament, xarakter, o‘ziga bo‘lgan baho kabi ichki omillar, shuningdek, oila, maktab, do‘stlar va ommaviy axborot vositalari kabi tashqi omillarning o‘zaro ta’siri tahlil qilinadi. Muallif o‘smirlar tarbiyasida individual yondashuvning ahamiyatini ta’kidlab, amaliy tavsiyalar ham beradi. Maqola psixologlar, pedagoglar hamda ota-onalar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Downloads
Published
2025-05-29
Issue
Section
Articles
How to Cite
Rajabova Gulhayo Odilovna. (2025). O‘SMIRLIKDA SHAХS RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI ICHKI VA TASHQI OMILLAR. Ustozlar Uchun, 73(4), 119-123. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/17254