BO'SH O'ZLASHTIRUVCHI O'QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Keywords:
interfaol metodlar, muammolar, yechim, o'qitish usullari, muhokama, individual yondashuv.Abstract
Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlashda interfaol metodlardan foydalanish ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar deganda, o'zlashtirish darajasi past bo'lgan, mavzuni tushunishda qiyinchiliklarga duch keladigan, o'qish jarayonida ortda qolgan o'quvchilar tushuniladi. Bunday o'quvchilar bilan ishlashda an'anaviy o'qitish usullari ko'pincha yetarli natija bermaydi, chunki ular faqat passiv ravishda ma'lumot qabul qiladilar va mavzuni chuqur anglashga erisha olmaydilar. Shu sababli, interfaol metodlardan foydalanish orqali o'quvchilarning faolligini oshirish, ularni o'qishga qiziqtirish va mavzuni yaxshiroq o'zlashtirish imkonini yaratish zarur.
Downloads
Published
2025-05-29
Issue
Section
Articles
How to Cite
Ergasheva Sevara Normuminovna, & Merxanova Lazzat Sansizbayevna. (2025). BO’SH O’ZLASHTIRUVCHI O’QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Ustozlar Uchun, 73(4), 172-175. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/17278