OTA-ONA VA FARZAND O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR O‘SMIRLIK DAVRIDA ADDIKTIV XULQNI SHAKLLANTIRUVCHI OMIL SIFATIDA
Keywords:
oila, ota-ona munosabatlar,addiktiv xulq,giperhimoya, nazoratning qattiqligi, to‘liq bo‘lmagan oila.Abstract
Ushbu maqola ota-onalar va ularning o‘smir bolalari o‘rtasidagi munosabatlarning addiktiv xulq shakllanishiga ta'siri o‘rganilgan. O‘smirlik davrida addiktiv xulq shakllanishiga oilaviy munosabatlarning ta‘sirini amaliy jihatdan o‘rganishda Eydemiller hamda V.V. Yustitskiylar tomonidan ishlab chiqilgan OMTQ (―Oilaviy munosabatlarni tahlil qilish‖) metodikasidan foydalanildi.So‘rovnoma o‘z ichiga quyidagi shkalalarni ,ota va onalarning o‘z farzandlari bilan munosabatlaridagi ayrim chekinishlarni aniqlashga ko‘mak beruvchi o‘smir ustidan nazoratning qattiqligi (G+), nazoratning etishmasligi (G -), o‘smir ehtiyojlarining hamisha qondirilishi (U+) yoki mutloq qondirilmasligi (U-), o‘smir oldiga qo‘yiladigan talablarning ko‘pligi va murakkabligi (T+) yoki bunday talabchanlikning yo‘qligi (T-), o‘smir oldiga qo‘yiladigan ta‘qiqlarning ko‘pligi (Z+) yoki ta‘qiqlarning mavjud emasligi (Z-), talablar bajarilmagan taqdirda o‘smirni jazolashning keskinligi (S+) yoki uning aksi (S-)ni bildiruvchi shkalalar qamrab olgan bo‘lib,olingan natijalar tadqiqot natijalarining tahlilida yoritilgan.