PSIXOLOGIK KONSULTATSIYANING ASOSIY MUAMMOLARI
Keywords:
psixologik konsultatsiya, muammo, mijoz, psixolog, kommunikativ to‘siqlar, kasbiy malaka, konsultatsiya samaradorligi, refleksiya, konseling, axloqiy mas’uliyat.Abstract
Mazkur maqolada psixologik konsultatsiya jarayonida uchraydigan asosiy muammolar tahlil qilinadi. Xususan, konsultatsiya berishdagi kommunikativ to‘siqlar, mijozning psixologik tayyorgarligi yetishmasligi, konsultantning kasbiy malakasi, shaxsiy hissiy holati va axloqiy mas’uliyati kabi omillar yoritilgan. Shuningdek, konsultatsiyaning samaradorligiga ta’sir qiluvchi tashkiliy, metodik va individual psixologik omillar tahlil qilinadi. Muallif bu muammolarni hal etishda zamonaviy psixologik yondashuvlar, konseling texnikalari va mutaxassislarning reflektiv faoliyatini takomillashtirish zarurligini asoslaydi. Maqola amaliyotchi psixologlar, konsulentlar hamda psixologik yordam tizimi sifatini oshirishga qiziqqan tadqiqotchilar uchun foydalidir.