BOLALARDA DIQQAT YETISHMOVCHILIGI MUAMMOLARINI PSIXOLOGIK TASNIFLASH

Authors

  • Sharopova Firuza Djalolovna Author

Keywords:

diqqat yetishmovchiligi, bolalar psixologiyasi, psixologik tasniflash, DYB, kognitiv buzilish, xulq-atvor muammosi, psixodiagnostika, korrektsion metodlar, psixoprofilaktika, emotsional rivojlanish.

Abstract

Ushbu maqolada bolalar orasida keng tarqalgan diqqat yetishmovchiligi muammosi psixologik nuqtai nazardan chuqur tahlil qilinadi hamda uning asosiy ko‘rinishlari va turlari tasniflanadi. Diqqat yetishmovchiligi buzilishining (DYB) kognitiv, emotsional va xulq-atvor darajadagi ifodalanishi, bolalarning yoshiga, individual xususiyatlariga hamda ijtimoiy muhit omillariga bog‘liqligi yoritib beriladi. Shuningdek, bu muammoning aniqlanishi, tashxisi va oldini olishda psixologik yondashuvlarning ahamiyati ko‘rsatilib, zamonaviy tashxis metodlari va korreksion ishlar uslublariga e’tibor qaratiladi. Maqola maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar bilan ishlaydigan psixologlar, pedagoglar hamda ota-onalar uchun amaliy ahamiyatga ega.

Published

2025-05-29

How to Cite

Sharopova Firuza Djalolovna. (2025). BOLALARDA DIQQAT YETISHMOVCHILIGI MUAMMOLARINI PSIXOLOGIK TASNIFLASH. Ustozlar Uchun, 73(4), 375-380. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/17344