SODDA GAP VA UNI OʻQITISHNING INNOVATSION TAʼMINOTINI YARATISH

Authors

  • Eshpoʻlatov Bobomurod Muzaffar oʻgʻli Author

Keywords:

ona tili, sintaksis, sodda gap, mashq, topshiriq, adabiy talaffuz, mustaqil fikrlash.

Abstract

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim tizimida ona tili ta’limini samarali tashkil etish, xususan, sintaksis doirasidagi o‘quv materiallarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tilshunoslikda sodda gapning metodik va nazariy asoslari, substansial yondashuv orqali tahlil qilinadi. Muallif hozirgi darsliklardagi mashq va topshiriq atamalarining noto‘g‘ri qo‘llanishi, ularning farqlari, pedagogik yondashuvlar asosida sintaksis materiallarini qanday yangicha talqin etish lozimligi haqida fikr yuritadi. Sintaksisni o‘rgatish orqali o‘quvchilarda grammatik savodxonlik, adabiy talaffuz va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Maqolada mavjud ilmiy manbalar va darsliklar tahlili asosida sintaksis bo‘limi ta’limining amaliy samaradorligini oshirishga doir taklif va tavsiyalar bildirilgan.

Published

2025-05-29

How to Cite

Eshpoʻlatov Bobomurod Muzaffar oʻgʻli. (2025). SODDA GAP VA UNI OʻQITISHNING INNOVATSION TAʼMINOTINI YARATISH. Ustozlar Uchun, 72(5), 37-48. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/17698