NODAVLAT TELEKANALLARDA INNAVATSION MARKETINGDAN FOYDALANISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.
Keywords:
Innovatsion marketing, nodavlat telekanallar, media bozori, raqamli texnologiyalar, auditoriya, brend, reklama strategiyasi, marketing vositalari, raqobatbardoshlik, strategik rejalashtirish.Abstract
Ushbu maqolada nodavlat telekanallarda innovatsion marketingdan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinadi. Mediamarketing sohasida yuz berayotgan tezkor o‘zgarishlar, raqamli texnologiyalarning ommalashuvi va auditoriya ehtiyojlarining o‘zgarib borayotgani telekanallar uchun yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. Maqolada innovatsion marketing tushunchasi, uning turlari, vositalari va samaradorligi ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, nodavlat telekanallar misolida innovatsion yondashuvlarning qo‘llanishi, ularning brend imijiga, auditoriya qamroviga va reklama daromadlariga ta’siri tahlil etilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, telekanallar faoliyatini raqobatbardosh va barqaror yuritish uchun innovatsion marketing strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.