SPLAYN YAQINLASHTIRISH VA SPLAYN INTERPOLATSIYA

Authors

  • Qurbonova Mohidil Bohodirjon qizi Author
  • Ismoilov Axrorjon Ikromjonovich Author

Keywords:

Splayn interpolatsiyasi, yaqinlashtirish, kubik splayn, sonli usullar, bo‘lakli polinomlar, matematik modellashtirish, muhandislik hisoblashlari, grafikalarni qayta ishlash, numerik analiz, chegaraviy shartlar.

Abstract

Ushbu maqolada splayn yaqinlashtirish va splayn interpolatsiya usullarining nazariy asoslari hamda amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Splayn usullari sonli hisoblashda ma’lumotlar to‘plamini silliq, barqaror va yuqori aniqlikda yaqinlashtirish uchun keng qo‘llaniladi. Interpolatsiya jarayonida yuqori darajadagi polinomlar o‘rniga, bo‘lakli kubik polinomlar (splaynlar) ishlatiladi, bu esa osilasyon (tebranma) muammosini kamaytiradi va hisoblashlarni soddalashtiradi. Maqolada kubik splaynlarning matematik formulalari, chegara shartlari, hamda ularning amaliy hisoblash usullari haqida ma’lumot berilgan. Shu bilan birga, splayn interpolatsiyasi muhandislik, fizika, kompyuter grafikasi kabi sohalarda qo‘llanilishi ko‘rsatildi. Oddiy misollar orqali splayn interpolatsiyasining sonli yechimlari bosqichma-bosqich yoritildi.

Published

2025-05-29

How to Cite

Qurbonova Mohidil Bohodirjon qizi, & Ismoilov Axrorjon Ikromjonovich. (2025). SPLAYN YAQINLASHTIRISH VA SPLAYN INTERPOLATSIYA. Ustozlar Uchun, 72(5), 106-110. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/17710