O‘ZBEK TILIDA EKVIVALENTLARI MAVJUD BO‘LGAN NEMIS FRAZEOLOGIZMLARI
Keywords:
frazeologik birikmalar, til o‘rganish, tilshunoslik ,frazeologik ekvivalentlar , til taqqoslash , madaniyatlararo aloqalar , frazeologik ifodalar , til boyligi , frazeologik ma'nolar, til o‘rganish usullari, frazeologik izohlar , tilshunoslik terminlari, frazeologik birikmalar tarjimasi .Abstract
Ushbu maqola nemis tilidagi frazeologizmlarning o‘zbek tilida ekvivalentlari bilan bog‘liq muhim masalalarni yoritadi. Maqola davomida nemis tilida keng tarqalgan frazeologizmlarning mazmuni, ularning tarjima qilinishi va o‘zbek tilida mavjud ekvivalentlari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, maqolada frazeologik birikmalarning madaniy va tilshunoslik nuqtai nazaridan ahamiyati, ularning tarjimada qiyinchiliklar tug‘dirishi va ularni to‘g‘ri tarjima qilish usullari muhokama qilinadi. O‘zbekiston tilida ekvivalentlari mavjud bo‘lgan nemis frazeologizmlari til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi va ikki til o‘rtasida muloqotni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqola tilshunoslar, tarjimonlar va tilsevarlar uchun foydali bo‘lib, nemis va o‘zbek tillarining frazeologik boyliklarini o‘rganishda yangi yondashuvlar taklif etadi.