“ISHQALANISH KUCHLARI” MAVZUSIGA OID DARSLIK VA O‘QUV QO‘LLANMALAR TAHLILI

Authors

  • Xolmirzayeva Diyora Murotali qizi Author

Keywords:

A.G.G‘aniyev va boshqalarning kitobida ishqalanish kuchlari hodisasi quyidagicha bayon etilgan: Dastlab ishqalanish kuchining namoyon bo‘lishi, ishqalanish turlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Abstract

A.M.Xudayberganov va boshqalarning o‘quv qo‘llanmasida ishqalanish kuchlari haqida ma’lumot to‘liq bayon etilgan. Sababi, ushbu mavzuning bayonidan avval ishqalanish hodisalari va uning yuzaga kelish sabablari naqida fikr yuritilgan. Ishqalanish kuchlari haqida quyidagicha ma’lumotlar berilgan: Ishqalanish kuchlari, ishqalanish turlari, dumalanish ishqalanish, sirpanish ishqalanish, qovushoq ishqalanish, isqalanish koeffitsiyenti, uning ifodasi va fizik ma’nosi hamda aniqlash usullari keltirilgan. Ishqalanish kuchlari mavzusi chizmalar bilan tushuntirilgan. Ushbu mavzuning mantiqiy bayoni sifatida ishqalanish hodisalari haqida, ishqalanish burchagi va ishqalanish konusi, ishqalanish mavjud bo‘lganda qattiq jismning muvozanat shartlari keltirilgan. Ishqalanish hodisalari, bu hodisalarning tabiatda va texnikada qo‘llanilishi, uning texnika va hayotdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmadagi ma’lumotlar hayot bilan bog‘langan holda tushuntirib o‘tilgan hamda ko‘pgina jarayonlar chizmalar orqali tushunarli tarzda bayon etilgan.Shu sababli ushbu darslikdan aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi Ixtisoslashgan maktablar o‘quvchilari undan asosiy adabiyot sifatida foydalansa bo‘ladi.

Published

2025-05-29

How to Cite

Xolmirzayeva Diyora Murotali qizi. (2025). “ISHQALANISH KUCHLARI” MAVZUSIGA OID DARSLIK VA O‘QUV QO‘LLANMALAR TAHLILI. Ustozlar Uchun, 72(5), 139-145. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/17716