MASOFADAN BOSHQARUVCHI SODDA MASHINA QISMLARINI YIG‘ISH VA UNI DASTURLASH
Keywords:
Kalit so‘zlar: Arduino, Bluetooth, masofadan boshqaruv, mobil dastur, mikrokontroller, avtomatlashtirish, robototexnika, dasturlash, STEM ta’limi.Abstract
Ushbu maqola masofadan boshqariladigan sodda mashina yaratish va uni dasturlash jarayoniga bag‘ishlangan bo‘lib, zamonaviy elektronika va dasturlash asosida qurilgan prototipning texnik jihatlarini yoritadi. Qurilma oddiy komponentlar - Arduino UNO mikrokontrolleri, L298N motor driveri, ikkita DC motor, HC-05 Bluetooth moduli hamda mobil qurilma orqali boshqariladi. Loyihaning asosiy maqsadi—o‘quvchilarda mikrokontrollerlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, dasturlash orqali real obyektni boshqarish tajribasini berish, hamda STEM yo‘nalishidagi ta’limda amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvni mustahkamlashdir. Qurilma mobil telefon yordamida Bluetooth orqali buyruqlar yuborish orqali boshqariladi. Maqolada mashinaning sxematik tuzilishi, komponentlar tanlovi, Arduino muhitida yozilgan dastur kodi va tajriba davomida olingan natijalar batafsil tahlil qilinadi. Mazkur ish ta’limiy muassasalarda, ayniqsa informatika va fizika fanlari bo‘yicha darslarda laboratoriya mashg‘ulotlari uchun qo‘llanilishi mumkin.
References
1. Kurniawan A. Arduino Development Cookbook, Packt Publishing, 2015.
2. Monk S. Programming Arduino, McGraw-Hill, 2016.
3. Banzi M. Getting Started with Arduino, Maker Media, 2015.